30-YILLARNING “QIYIN YILLARI” VA GʻAFUR GʻULOM — IJODDA OMON QOLISH SANʼATI
Keywords:
“ijodda omon qolish san’ati” “xalq dushmani”, “millatchi”, “aksilinqilobchi”Abstract
XX asrning 30-yillari o‘zbek xalqi tarixida eng murakkab, ziddiyatli va og‘ir davrlardan biri sifatida esda qolgan. Bu davr jamiyat hayotining barcha sohalariga, xususan, ma’naviyat va adabiyotga keskin ta’sir ko‘rsatgan. Sovet tuzumining kuchayishi, mafkuraviy nazoratning qat’iylashuvi va ayniqsa Stalin qatagʻonlari natijasida jamiyatda qo‘rquv, ishonchsizlik va sukut muhiti yuzaga keldi. Minglab begunoh insonlar, jumladan, ziyolilar “xalq dushmani” sifatida ayblanib, qatag‘on qilindi. Bu esa o‘zbek milliy tafakkuri rivojiga og‘ir zarba bo‘ldi. Ayniqsa, adabiyot maydoni keskin o‘zgarishga uchradi. Endilikda ijod erkin fikr ifodasi emas, balki siyosiy buyurtmani bajaruvchi vositaga aylana boshladi. Yozuvchilar zimmasiga “sotsialistik realizm” talablariga mos asarlar yaratish vazifasi yuklatildi. Bu esa ijodkorni ichki erkinlik va tashqi majburiyat o‘rtasida qoldirdi. Natijada adabiyot vakillari ikki murakkab yo‘l qarshisida turib qolishdi: haqiqatni ochiq aytib, qatag‘on xavfiga duch kelish yoki yashab qolish uchun ijodini zamon talablariga moslashtirish.