ILM-FAN–INSON HAYOTINI YAXSHILAYDIGAN ENG MUHIM OMILDIR

Authors

  • Samadov Diyorbek Foziljon o’g’li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment fakulteti “Biznes boshqaruv” mutaxasisligining 1-kurs talabasi

Keywords:

Ilm-fan, texnologiya, fan va texnologiya tarixi, taraqqiyot, innovatsiya, ijtimoiy rivojlanish, COVID-19, global muammolar, ilmiy tafakkur, zamonaviy texnologiyalar, yoshlar siyosati, davlat boshqaruvi, barqaror rivojlanish, ijtimoiy qadriyatlar, insoniyat kelajagi

Abstract

 Mazkur maqolada fan va texnologiya tarixining mazmun-mohiyati hamda uning insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Ilm-fan va texnologiyaning jamiyat hayotiga, madaniyat, iqtisodiyot va siyosatga ko‘rsatgan ta’siri tarixiy va zamonaviy misollar asosida yoritilgan. Xususan, COVID-19 pandemiyasi davrida ilmiy izlanishlar va vaksina yaratilish jarayonlari ilm-fanning insoniyat hayotini saqlab qolishdagi beqiyos ahamiyatini namoyon etgani ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada ilm-fanning sanoat, tibbiyot, ta’lim, transport va aloqa sohalaridagi roli hamda undan oqilona foydalanish zarurati asoslab beriladi. Bundan tashqari, davlat rahbarlarining, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni ilm-fanga jalb etish va innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslari jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida baholanadi. Maqola yakunida ilm-fan insoniyatning barqaror rivojlanishi va kelajak taraqqiyotining asosiy omili ekanligi xulosa qilinadi.

Downloads

Published

2026-03-23