BUXORO AMIRLIGINING TUGATILISHI VA SOVET ARMIYASIGA QARSHI KURASH

Authors

  • Tursunova Gulyora Bahrom qizi, Rahmonov Ulug‘bek Bahodirovich Andijon davlat universiteti

Keywords:

Buxoro amirligi, bosmachilik harakati, Qizil Armiya, sovet istilosi, Markaziy Osiyo, postkolonial tarix, Farg'ona vodiysi, Ibrohimbek, Anvar posho, milliy muqovamat

Abstract

 Ushbu tezis 1918—1926-yillar oralig'ida Buxoro amirligining tugatilishi va sovet armiyasiga qarshi ko'tarilgan qurollangan muqovamat harakatini kompleks tarixiy tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Qizil Armiyaning 1920-yilgi Buxoro operatsiyasi, bosmachilik harakatining tashkiliy tuzilmasi, yetakchilari va geografiyasi, shuningdek sovet hokimiyatining harakat bostirish siyosati ko'rib chiqilgan. Tarixiy-tavsifiy, qiyosiy tahlil va postkolonial yondashuv metodlaridan foydalangan holda, tadqiqot bosmachilik harakatini faqat "reaksion qo'zg'olon" yoki sof "milliy-ozodlik kurashi" sifatida talqin qiluvchi bir yoqlama nazariyalarning cheklanganligi isbotlangan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, harakat tarkibida milliy, diniy, ijtimoiy va siyosiy motivlar murakkab tarzda birikib ketgan bo'lib, dehqonlarning ishtiroki an'anaviy tarixshunoslikda yetarlicha baholanmagan. Tezis O'zbekiston va Tojikistondagi arxiv materiallari hamda xalqaro manbalar asosida kelajakdagi monografik tadqiqotlar uchun ilmiy zamin yaratadi.

Downloads

Published

2026-03-20