KONSEPT TUSHUNCHASINING LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Ungalova D.M. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 1-bosqich tayanch doktoranti

Keywords:

lingvokulturologiya, konsept, Cultural Linguistics, antropotsentrik paradigma, aksiologik komponent, mental birlik, madaniy kod, tushunchaviy qatlam, o‘zbek tilshunosligi.

Abstract

 Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning antropotsentrik paradigmasida markaziy o‘rin tutuvchi “konsept” tushunchasining lingvokulturologik talqini va uning nazariy asoslari tadqiq etiladi. Muallif konseptni shunchaki semantik birlik emas, balki til, madaniyat va tafakkur tutashuvidagi murakkab mental tuzilma sifatida tahlil qilgan. Maqolada postsovet lingvokulturologiyasi va g‘arbning “Cultural Linguistics” yo‘nalishlari o‘rtasidagi metodologik tafovutlar qiyosiy o‘rganilib, konseptning tushunchaviy, obrazli va aksiologik komponentlari ochib beriladi. Tadqiqot natijasida konseptning milliy-madaniy xoslanganligi hamda uning “tushuncha” va “ma’no” terminlaridan farqli jihatlari ilmiy asoslanadi. Maqola o‘zbek tilshunosligida konseptual tahlil metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-03-18