INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA DIPLOMATIK MATNLARNING SEMANTIK TADQIQI
Keywords:
diplomatik uslub, diplomatik matn, diplomatik yozishma, leksik-semantik tahlil, diplomatik terminlar, klisheler, evfemizmlar, frazeologik birliklar, maqtov so‘zlari, diplomatik protokol, qiyosiy tilshunoslik, rasmiy uslub.Abstract
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik matn va yozishmalarning leksik-semantik xususiyatlarini qiyosiy o'rganishga bag‘ishlangan. Maqolada diplomatik uslubning tarixiy shakllanishi, uning davlatchilik va hujjatchilik bilan uzviy aloqasi yoritilgan. Diplomatik yozishmalarda qo‘llaniladigan leksik-frazeologik birliklar, diplomatik terminlar, klisheler, evfemizmlar va xalqaro qisqartmalarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. O‘zbek va ingliz tillaridagi murojaatlar, maqtov so'zlari hamda ularning nutq shaklidagi diplomatik matnlardagi o‘rni ko'rsatilgan. Shuningdek, diplomatik matnlarda so‘nggi yillarda idiomatik iboralar qo'llanishining kuchayishi va bu hodisaning umumiy lingvistik qonuniyatlarga munosabati muhokama qilingan.